Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 75 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 75 • Oʻzbekcha


مَا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ الطَّعَامَ ۗ انْظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الْآيَاتِ ثُمَّ انْظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ 75
Tarjima:
Masiyh ibn Maryam bir Payg`ambar, xolos. Undan oldin ham Payg`ambarlar o`tgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol. Al-Ma'idah 5:75
Tafsir:
Masih Iyso ibn Maryam ham boshqa paygʻambarlarga oʻxshagan bir paygʻambar, xolos. Boshqa paygʻambarlar vafot qilganidek, u ham vafot qiladi. Onasi Maryam alayhassalom esa har doim rost soʻzlaydigan rostgoʻy, siddiqadir. Har ikkisi ham taom yeydilar. Taomga muhtoj odamning iloh boʻlishi mumkinmi? Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga Allohning yagonaligi haq ekaniga, ularning hadlaridan oshib, oyatlarimizni inkor qilib, Allohdan boshqani ham iloh deb bilishlari esa nohaqlik ekaniga dalolat qiladigan oyatlarni qanday bayon qilayoganimizga bir qarang! Keyin esa Allohning yakka-yolgʻiz ekaniga dalolat qiluvchi shuncha oyatlarni koʻra-bila turib, ularning haqdan yuz oʻgirayotganlariga bir nazar soling.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 74 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 76