Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. O`zingiz ishongan Allohga taqvo qiling. Moida 5:88 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida tanovul qilinglar. Bosqinchilik va nopoklik kabi harom aralashsa, undan uzoq boʻlinglar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Axir sizlar iymon keltirgan Zot Oʻsha-ku. Unga boʻlgan iymoningiz U Zotdan taqvo qilishingizni taqozo etadi-ku.