Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 93 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 93 • Oʻzbekcha


لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْا وَآمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَوْا وَآمَنُوا ثُمَّ اتَّقَوْا وَأَحْسَنُوا ۗ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ 93
Tarjima:
Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo`lsalar, so`ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo`qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir. Al-Ma'idah 5:93
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, U Zotga yaqin boʻlish uchun yaxshi amallarni qilgan kishilar, agar ular Allohning gʻazabidan qoʻrqib, Unga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan, keyin esa Allohga bogʻlanishni yanada kuchaytirib, U Zotga xuddi U Zotni koʻrib turgandek ibodat qilish darajasiga chiqqan boʻlsalar, aroq harom qilinishidan oldin uni ichganlari uchun gunohkor boʻlmaydilar. Alloh Oʻziga xuddi U Zotni koʻrib turgandek ibodat qiladiganlarni yaxshi koʻradi. Zero, bu amalda Allohning doimiy kuzatuvini his etish bor boʻlib, bu narsa moʻminni har bir ishni chiroyli, puxta bajarishga undaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 92 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 94