Allohga itoat qiling va Payg`ambarga itoat qiling va hazir bo`ling! Agar yuz o`giradigan bo`lsangiz, bilingki, Payg`ambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos. Al-Ma'idah 5:92 ⧉
Tafsir:
Allohga va Paygʻambarga buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan itoat etinglar. Ularga qarshi chiqishdan ehtiyot boʻlinglar. Yuz oʻgiradigan boʻlsangizlar, bilib qoʻyinglarki, elchimizning vazifasi Allohning farmonini yetkazib qoʻyishdir, xolos. Mana, u yetkazdi. Toʻgʻri yoʻldan yursangizlar, oʻzingizga foyda. Bejo qadam tashlasangizlar, oʻzingizga ziyon.