Alloh Ka'bani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qo`ydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir. Al-Ma'idah 5:97 ⧉
Tafsir:
Alloh Kabani - Baytul-Haromni odamlarga asos qildiki, oʻsha Haram tufayli, namoz, haj, umra kabi diniy ishlari hamda Haramdagi osoyishtalik, hamma narsaning mevalari oʻsha yerga toʻplanishi kabi dunyoviy ishlari qoyim boʻladi. Alloh Zulqada, Zulhijja, Muharram va Rajab, yani urush harom qilingan oylarni ham odamlarga asos qildiki, uning koʻmagida urushdan tiyilib, tinchlik-osoyishtalikka erishadilar. Alloh hadyi - qurbonlikka atalgan hayvonlar va ularga osib qoʻyilgan belgilarni ham asos qildiki, shu bilan hadyi egalari yoʻlda toʻsiq va ozorga uchramasdan manzillariga yetib oladilar. Xoʻsh, Alloh nima uchun shunday qildi? Toki, sizlar Alloh osmonlardagi narsalarni ham, yerdagi narsalarni ham bilishini hamda Alloh hamma narsani Bilguvchi ekanini bilib qoʻyinglar. Foydani jalb qilish va zararni kelmasidan oldin daf qilish uchun chiqargan shariy hukmlari U Zotning bandalariga nima foydali ekanini bilishini koʻrsatib turibdi.