Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 96 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 96 • Oʻzbekcha


أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ ۖ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ الْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ 96
Tarjima:
Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida to`planadiganingiz Allohga taqvo qiling. Al-Ma'idah 5:96
Tafsir:
Alloh muqimlarga ham, musofirlarga ham suv hayvonlarini ovlashni hamda suvdan tashqariga chiqib qolgan tirik yo oʻlik suv hayvonlarini halol qildi. Toki, ularga manfaatli boʻlsin. Modomiki, haj yo umra uchun ehrom bogʻlagan ekansizlar, sizlarga quruqlik ovini harom qildi. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Qiyomat kuni yolgʻiz U Zotning dargohiga qaytasizlar. Oʻshanda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 95 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 97