Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?! Qof 50:6 ⧉
Tafsir:
Qayta tirilishni yolgʻonga chiqarayotgan anavi mushriklar tepalaridagi samoga, uni qanday yaratganimizga, bino qilganimizga, yulduzlar ila bezab qoʻyganimizga, uning hech qanday teshiklari, yoriqlari yoʻq ekaniga nazar tashlamaydilarmi?! Mana shunday samoni yaratgan Zot oʻliklarni qayta tiriltira olmay qolarmidi?!