Va yerni cho`zib qo`ydik, unga tog`larni tashladik va unda turli go`zal juftlarni o`stirdik. Qaf 50:7 ⧉
Tafsir:
Zaminni yashashga qulay boʻlishi uchun yoyib qoʻydik. Barqaror, qimirlamay turishi uchun unga mustahkam togʻlarni oʻrnatdik. Unda juda goʻzal turli xil oʻsimliklar va daraxtlarni undirdik, oʻstirdik.