Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go`zal (mukofot) ila mukofotlar. Najm 53:31 ⧉
Tafsir:
Samolardagi narsalar ham, zamindagi narsalar ham yolgʻiz Allohning mulkidir. Oʻzi yaratgan. Oʻzi boshqaradi. Oʻzi egalik qiladi. Shu dunyoda yomonlik qilganlarni gunohlariga yarasha jazolaydi, azoblaydi. Yaxshilik qilganlarni esa jannat bilan mukofotlaydi.