Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Najm — Oyat 32 (Oʻzbekcha) — Video

An-Najm • Oyat 62 dan 32 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلَّا اللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ وَإِذْ أَنْتُمْ أَجِنَّةٌ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوا أَنْفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اتَّقَىٰ 32
Tarjima:
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir. An-Najm 53:32
Tafsir:
Ular shunday zotlarki, katta gunohlardan va manfur masiyatlardan tiyiladilar. Kichik xatolar bundan mustasno. Kichik xatolar katta gunohlardan tiyilish va toat-ibodatni koʻpaytirish bilan kechirilib ketadi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz magʻfirati keng Zotdir. Tavba qilgan bandalarini kechirib yuboradi. U Zot otalaringizni tuproqdan yaratgan paytida ham, sizlar onalaringizning qorinlarida homila boʻlib, bosqichma-bosqich yaratilayotgan paytingizda ham hamma ahvollaringizni juda yaxshi biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Shunday ekan, oʻzingizni oʻzingiz taqvodor koʻrsatib, maqtamay qoʻya qolinglar. Kim Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilganini Oʻzi juda yaxshi biladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Najm • Oyat 31 Keyingi An-Najm • Oyat 33