Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Payg`ambar qilib yubordik hamda Payg`ambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning ko`plari fosiqlardir. Al-Hadid 57:26 ⧉
Tafsir:
Nuh va Irohim alayhissalomlarni ham yubordik. Paygʻambarlik va Kitobni ularning zurriyotida qildik. Zurriyotlari orasida toʻgʻri yoʻlga hidoyat topganlari ham boʻldi. Koʻplari esa Allohga itoatsiz kimsalar boʻldilar.