Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hadid — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Hadid • Oyat 29 dan 27 • Oʻzbekcha


ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَىٰ آثَارِهِمْ بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآتَيْنَاهُ الْإِنْجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ابْتِغَاءَ رِضْوَانِ اللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَآتَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ 27
Tarjima:
So`ngra ularning ortidan Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni o`zlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat o`zlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning ko`pi fosiqlardir. Hadid 57:27
Tafsir:
Keyin paygʻambarlar ortidan paygʻambarlar yubordik. Ularning ortidan Iyso ibn Maryamni yuborib, unga Injilni berdik. Unga iymon keltirib, ortidan ergashganlarning qalblariga mehr va marhamatni soldik. Shu bilan ular oʻzaro mehribon, yaqin doʻst boʻlib qoldilar. Dinda gʻuluv ketishni oʻzlari chiqarib olib, nikoh va lazzatlanish kabi ayrim Alloh halol qilgan ishlarni ham tark etdilar. Bu ishlarni Biz ulardan talab qilmaganmiz. Ular oʻzlariga oʻzlari yuklab olib, dinda bidat chiqarganlar. Biz ulardan Allohning rizosiga ergashishni talab qilganmiz, xolos. Lekin ular shunday qilmadilar. Bas, ulardan iymon keltirgan zotlarga savoblarini berdik. Ammo ularning koʻplari Muhammad alayhissalom olib kelgan risolatni yolgʻonga chiqarib, Allohga itoatsizlik qiladigan fosiqlarga aylandilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hadid • Oyat 26 Keyingi Hadid • Oyat 28