Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mo`minlar Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar. Al-Mujadila 58:10 ⧉
Tafsir:
Darhaqiqat, gunoh, tajovuz va paygʻambarga isyondan iborat boʻlgan bu pichir-pichirlar shaytonning oʻz doʻstlariga chiroyli koʻrsatgan vasvasasidir. Bundan maqsad goʻyo moʻminlarga qarshi bir hiyla uyushtirilayotgandek qilib koʻrsatish orqali ularning diliga qaygʻu solishdir. Na shayton va na uning chiroyli qilib koʻrsatgan ishlari Allohning izni-irodasi boʻlmasa, moʻminlarga hech qanday zarar keltirmaydi. Bas, shunday ekan, moʻminlar barcha ishlarida Allohgagina suyansinlar.