Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Mujadila — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Mujadila • Oyat 22 dan 11 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُوا فِي الْمَجَالِسِ فَافْسَحُوا يَفْسَحِ اللَّهُ لَكُمْ ۖ وَإِذَا قِيلَ انْشُزُوا فَانْشُزُوا يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 11
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq o`tiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini ko`taradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir. Al-Mujadila 58:11
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qilganlar, sizlarga majlisda oʻtirgan paytingizda, joy beringlar, deyilsa, darhol joy beringlar. Alloh taolo ham sizlarga dunyo va oxiratda kenglik beradi. Majlislardan birida sizlarga, qalqinglar, deyilsa, fazl ahliga joy berish uchun darhol qalqinglar. Alloh taolo iymon keltirgan va ilm ato etilgan kishilarni baland darajalarga koʻtaradi. Alloh sizlar qilayotgan ishlardan Xabardordir. Sizlarning amallaringizdan biron narsa maxfiy qolmas va yaqinda sizlarni oʻsha amallaringizga yarasha mukofotlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Mujadila • Oyat 10 Keyingi Al-Mujadila • Oyat 12