Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Mujadila — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Mujadila • Oyat 22 dan 12 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نَاجَيْتُمُ الرَّسُولَ فَقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيْ نَجْوَاكُمْ صَدَقَةً ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ۚ فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 12
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Agar Payg`ambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bo`lsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir. Al-Mujadila 58:12
Tafsir:
Sahobalar Paygʻambar alayhissolat vassalom bilan sirlashavergach, Alloh dedi: "Ey iymon keltirgan zotlar, agar Paygʻambar alayhissolatu vassalom bilan xoli qolib dildan suhbatlashishni istasangiz, suhbatdan oldin sadaqa beringlar. Bu sadaqa oʻzlaringiz uchun yaxshilik va poklikdir. Zero, Allohning toati qalblarni poklaydi. Mabodo sadaqa qilishga imkon topolmasangiz, hech qanday xijillik boʻlmas. Darhaqiqat, Alloh taolo bandalarining gunohlarini kechiradigan va toqatlaridan tashqari narsani yuklamaydigan rahmli Zotdir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Mujadila • Oyat 11 Keyingi Al-Mujadila • Oyat 13