Alloh: «Men va Mening Rasullarim g`alaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va g`olibdir. Al-Mujadila 58:21 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo Oʻzining azaliy ilmida: "Men va elchilarim dushmanlar ustidan dalilda ham, maydonda ham gʻolib boʻlamiz", deb hukm qilib qoʻygan. Darhaqiqat, Alloh taolo oʻzining elchilarini gʻolib qila oladigan Quvvatlidir. U Zot dushmanlaridan oʻch oladigan yengilmasdir.