Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do`stlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar o`z otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bo`lsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni O`z huzuridan bir ruh bilan qo`llagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`lur. Ular Allohdan rozi bo`lurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.
Al-Mujadila 58:22 ⧉