Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar. Al-Hashr 59:10 ⧉
Tafsir:
Keyin kelgan va ularga qiyomatgacha yaxshilik bilan ergashgan kishilar aytadilar: "Parvardigoro, bizni va bizdan oldingi Allohga va Uning rasuliga iymon keltirgan dindosh birodarlarimizni kechirgin, qalblarimizda moʻminlarning hech biriga nisbatan biron gina-kudurat qoldirmagin. Parvardigoro, albatta Sen bandalaringga mehribon va rahmlisan".