Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hashr — Oyat 9 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hashr • Oyat 24 dan 9 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ تَبَوَّءُوا الدَّارَ وَالْإِيمَانَ مِنْ قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِمَّا أُوتُوا وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ ۚ وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 9
Tarjima:
U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar o`zlarining hojatlari bo`lsa ham, ularni o`zlaridan ustun qo`yarlar. Kim o`z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o`shalar yutuvchilardir. Al-Hashr 59:9
Tafsir:
Ansorlar Madinani muhojirlardan oldin manzil tutgan, Allohga va Uning Paygʻambariga iymon keltirgan kishilardir. Ular Makkadan hijrat qilib kelgan kishilarni yaxshi koʻradilar. Agar oʻljadan Alloh yoʻlidagi muhojirlarga berilib, ularga berilmasa ham qalblarida birodarlariga nisbatan nafrat va hasadni topmaydilar. Oʻzlari kambagʻal va hojatmand boʻla turib, dunyoviy nasibalarni muhojirlarga ilinadilar. Alloh taolo kimni mol-dunyoga ochkoʻzlikdan saqlasa va u mol-mulkini Alloh yoʻlida sarflasa, ana oʻshalar murod-maqsadiga yetib, xavf-xatardan qutulib, zafar quchgan kishilardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hashr • Oyat 8 Keyingi Al-Hashr • Oyat 10