O`z diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. O`shandoq kishilar sodiqdirlar. Al-Hashr 59:8 ⧉
Tafsir:
Bu mol-mulkning bir qismi Alloh yoʻlida hijrat qilgan kambagʻallarga beriladi. Ular bu dunyoda fazlu marhamat, oxiratda esa Allohning roziligini umid qilib, mol-dunyolarini va farzandlarini tashlab chiqishga majbur boʻlganlar hamda Alloh yoʻlida jihod qilib, Allohga va Uning Paygʻambariga yordam beradilar. Mana shunday sifatlarga ega boʻlganlar haqiqatan ham iymonlarida sobit kishilardir.