Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hashr — Oyat 22 (Oʻzbekcha) — Video

Hashr • Oyat 24 dan 22 • Oʻzbekcha


هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ ۖ هُوَ الرَّحْمَٰنُ الرَّحِيمُ 22
Tarjima:
U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U g`oyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir. Hashr 59:22
Tafsir:
U Allohdirki, Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Gʻaybni ham, hozirni ham Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. U Zot dunyo va oxiratning Rahmoni va Rahimidir. U Zotning rahmati butun olamlarni qamrab olgandir. Podshohdir. Quddusdir, har qanday nuqsondan pokdir. Salomdir, har qanday aybdan salomatdir. Moʻmindir, elchilarini yorqin hujjatlar bilan tasdiqlaguvchidir. Muhaymindir, bandalarining amallarini kuzatib turguvchidir. Azizdir, hammadan Gʻolibdir. Jabbordir, Oʻz qahri ila hamma narsani egallab olgandir. Mutakabbirdir. Alloh mushriklar keltirayotgan shirklardan, butlaru boshqa narsalardan Pok va Oliydir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hashr • Oyat 21 Keyingi Hashr • Oyat 23