Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hashr — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Hashr • Oyat 24 dan 23 • Oʻzbekcha


هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ 23
Tarjima:
U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu'min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. Hashr 59:23
Tafsir:
U Allohdirki, Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Gʻaybni ham, hozirni ham Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. U Zot dunyo va oxiratning Rahmoni va Rahimidir. U Zotning rahmati butun olamlarni qamrab olgandir. Podshohdir. Quddusdir, har qanday nuqsondan pokdir. Salomdir, har qanday aybdan salomatdir. Moʻmindir, elchilarini yorqin hujjatlar bilan tasdiqlaguvchidir. Muhaymindir, bandalarining amallarini kuzatib turguvchidir. Azizdir, hammadan Gʻolibdir. Jabbordir, Oʻz qahri ila hamma narsani egallab olgandir. Mutakabbirdir. Alloh mushriklar keltirayotgan shirklardan, butlaru boshqa narsalardan Pok va Oliydir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hashr • Oyat 22 Keyingi Hashr • Oyat 24