Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga o`g`illar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo`ldi. Al-An'am 6:100 ⧉
Tafsir:
Mushriklar jinlarni mabudlikda Allohga sherik qilib, ular ham foyda-zarar keltira oladi, deya etiqod qildilar. Holbuki, jinlarni Alloh yaratgan. Allohdan boshqasi yaratmagan. Mabudlikka yolgʻiz Alloh haqlidir. Yahudiylar Uzayrni, nasroniylar esa Iysoni Allohning oʻgʻillari, degan boʻlsalar, mushriklar farishtalarni Allohning qizlari, dedilar. Shularga oʻxshab, ular ham Allohga oʻgʻillarni yasab oldilar. Alloh botil ahli aytayotgan bu sifatlardan oliy, pok va muqaddasdir.