Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 99 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 99 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الَّذِي أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ نَبَاتَ كُلِّ شَيْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًا نُخْرِجُ مِنْهُ حَبًّا مُتَرَاكِبًا وَمِنَ النَّخْلِ مِنْ طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّاتٍ مِنْ أَعْنَابٍ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُشْتَبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ ۗ انْظُرُوا إِلَىٰ ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَيَنْعِهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكُمْ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 99
Tarjima:
U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g`ujum-g`ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog`lari chiqaramiz. Bir-biriga o`xshagan va o`xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir. Al-An'am 6:99
Tafsir:
Osmondan yomgʻir yogʻdirgan Zot Allohdir. U bilan Biz turli xil nabototni chiqardik. Nabototdan ekinlarni, yashil daraxtlarni chiqardik. Ulardan esa biri biriga chirmashgan doni toʻla boshoqlarni chiqaramiz. Xurmo va uning novdalaridan, egilib turgan, oʻtirganning ham, turganning ham boʻyi yetaveradigan shingillar chiqaramiz. Uzum bogʻlarini chiqardik. Barglari bir-biriga oʻxshaydigan, mevalari esa oʻxshamaydigan zaytun va anorlarni chiqardik. Ey odamlar, oldin ularning dastlabki meva tukkan paytidagi mevasiga, keyin esa pishgan paytidagi holatiga nazar soling. Ey odamlar, bu ishlarda iymon keltirgan zotlar uchun Allohning qudratiga dalolat qiluvchi ochiq-oydin dalillar bor. Bu hujjat va dalillardan faqat moʻminlargina foyda topadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 98 Keyingi Al-An'am • Oyat 100