Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz. Al-An'am 6:105 ⧉
Tafsir:
Allohning qudratiga dalolat qiluvchi hujjat va dalillarni xilma-xil qilganimizdek, xushxabaru ogohlantirish hamda vazu nasihat manosidagi oyatlarimizni ham xilma-xil qildik. Mushriklar: "Bular vahiy emas, sen ularni oldingi ahli kitoblardan oʻrganib olgansan", deydilar. Biz oyatlarni Muhammad alayhissalom ummati orasidagi moʻminlarga xilma-xillashtirib, haqni odamlarga bayon qilamiz. Zero, haqni moʻminlargina qabul qiladilar va unga ergashadilar.