Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 108 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 108 • Oʻzbekcha


وَلَا تَسُبُّوا الَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ فَيَسُبُّوا اللَّهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ مَرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُمْ بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 108
Tarjima:
Ularning Allohdan o`zga ibodat qiladiganlarini so`kmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni so`kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo`ydik. So`ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur. Al-An'am 6:108
Tafsir:
Ey moʻminlar, mushriklar ibodat qiladigan but-sanamlarni qattiq ham, yumshoq ham haqorat qilmanglar. Toki, mushriklar ham nondonliklariga borib, javob tarzida Allohni haqorat qilib qoʻymasinlar. Ularga oʻzlarining zalolatlari bezab koʻrsatilganidek, har bir ummatga amallarini yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin, chiroyli qilib koʻrsatdik. Shu bilan ular oʻzlariga chiroyli koʻringan ishlarni qila-qila Qiyomat kuni Parvardigorlari huzuriga kelurlar va amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini olurlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 107 Keyingi Al-An'am • Oyat 109