Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 109 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 109 • Oʻzbekcha


وَأَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لَئِنْ جَاءَتْهُمْ آيَةٌ لَيُؤْمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا الْآيَاتُ عِنْدَ اللَّهِ ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَا إِذَا جَاءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ 109
Tarjima:
Ular agar biron oyat — mo`'jiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar. An'om 6:109
Tafsir:
Mushriklar jon-jahdlari bilan Alloh nomiga qasam ichib: "Biz aytgan oyatlardan birontasini nozil qilganida unga albatta ishonar edik", deydilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Oyatlar mening huzurimda emaski, istaganimcha nozil qilaversam. Ular Allohning huzuridadir. Oʻzi istagan vaqtida nozil qilur. Ey moʻminlar, ular aytgan oyatlar nozil qilinsa, ular iymon keltiradilar, deb oʻylaysizlarmi? Yoʻq, iymon keltirmas edilar. Aksincha, boyagidek gap uqmasligu inkor qilishda davom etaverardilar. Chunki ularga hidoyat kerak emas".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 108 Keyingi An'om • Oyat 110