Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 132 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 132 • Oʻzbekcha


وَلِكُلٍّ دَرَجَاتٌ مِمَّا عَمِلُوا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ 132
Tarjima:
Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir. Al-An'am 6:132
Tafsir:
Ulardan har biri qilgan amaliga yarasha bir martabaga ega. Yomonligi koʻp odam bilan ozroq yomonlik qiladigan odam teng emas. Tobe bilan rahnamo barobar emas. Shuningdek, yaxshi amallarni qiladiganlarning savobi ham amaliga qarab har xil boʻladi. Parvardigoringiz ular qilayotgan ishlardan bexabar emas, hammasini koʻrib-bilib turadi, biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmaydi. Yaqinda hammalariga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 131 Keyingi Al-An'am • Oyat 133