Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 133 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 133 • Oʻzbekcha


وَرَبُّكَ الْغَنِيُّ ذُو الرَّحْمَةِ ۚ إِنْ يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِنْ بَعْدِكُمْ مَا يَشَاءُ كَمَا أَنْشَأَكُمْ مِنْ ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ آخَرِينَ 133
Tarjima:
Va Robbing behojat va rahmat sohibi bo`lgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o`rinbosar qilib keltirur. An'om 6:133
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz bandalaridan behojatdir. U Zot bandalarning oʻzlariga ham, qiladigan ibodatlariga ham muhtoj emas. Ularning kufr keltirishlari U Zotga zarar qilmas. Behojat boʻla turib U Zot bandalariga Mehribon. Ey osiy bandalar, agar U Zot istaganida Oʻzi tarafidan bir azob yuborib, sizlarni batamom qirib tashlagan, keyin esa Oʻziga iymon keltiradigan va itoat qiladigan boshqa odamlarni yaratgan boʻlardi. Mana, sizlarni ham oldingi boshqa bir qavmning naslidan yaratgan-ku.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 132 Keyingi An'om • Oyat 134