Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 135 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 135 • Oʻzbekcha


قُلْ يَا قَوْمِ اعْمَلُوا عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّي عَامِلٌ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَنْ تَكُونُ لَهُ عَاقِبَةُ الدَّارِ ۗ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ 135
Tarjima:
Sen: «Ey qavmim, o`rningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo`lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt. Al-An'am 6:135
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey qavm, kufru zalolat yoʻlingizda barqaror turavering. Men sizlarga haqni ochiq yetkazib, sizlarga qarshi hujjatni qoyim qilib qoʻydim, uzrga joy qolmadi. Endi sizlarning kufru zalolatingizga parvo qilmayman. Men oʻzimning haq yoʻlimdan ogʻishmay, sobitqadamlik bilan davom etaveraman. Bu dunyoda kim gʻalaba qilishini, zamin kimga qolishini, oxirat kimga nasib qilishini yaqinda bilib olasizlar. Mushriklar bu dunyoda ham, oxiratda ham zafar quchmaslar. Garchi dunyodan biroz foydalanib olayotgandek koʻrinsalar-da, ularning oqibati muvaffaqiyatsizlikdan boshqa narsa emas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 134 Keyingi Al-An'am • Oyat 136