Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 136 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 136 • Oʻzbekcha


وَجَعَلُوا لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ الْحَرْثِ وَالْأَنْعَامِ نَصِيبًا فَقَالُوا هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَائِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَائِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى اللَّهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَائِهِمْ ۗ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ 136
Tarjima:
Ular Allohga Uning O`zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o`zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga bo`lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo`lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! An'om 6:136
Tafsir:
Mushriklar oʻzlaricha yangilik yaratib, ekinlar va hayvonlardan bir qismini Allohga, boshqa qismini but-sanamlariga atadilar. But va sanamlariga atagan qismlaridan Allohning shariatida aytilgan joylarga, masalan, faqir va miskinlarga nasiba yetib bormaydi. Allohga atagan qismlaridan esa but va sanamlarining xarajatlari uchun sarflanadigan joylarga yetib boraveradi. Ularning bu hukmi va taqsimoti naqadar yomon-a!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 135 Keyingi An'om • Oyat 137