Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 137 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 137 • Oʻzbekcha


وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِنَ الْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَادِهِمْ شُرَكَاؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ 137
Tarjima:
Shuningdek, mushriklardan ko`plariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o`ldirishni ziynatlab ko`rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to`qiyotgan narsalarini qo`yib qo`y. An'om 6:137
Tafsir:
Shayton mushriklarga mana shu adolatsiz hukmni chiroyli qilib koʻrsatganidek, koʻp mushriklarga oʻzlarining shaytonlardan iborat hamtovoqlari kambagʻallikdan qoʻrqib bolalarini oʻldirishni ham chiroyli qilib koʻrsatdi. Toki, ular Alloh harom qilgan qotillik jinoyatini sodir etsinlar. Toki, ularga dinlari aralash-quralash boʻlib ketsin va nima shariatdan-u, nima shariatdan emasligini ajratolmay qolsinlar. Alloh xohlamaganida bunday qilmagan boʻlardilar. Lekin U Zot Oʻzi bilgan bir yetuk hikmat sababli shunday qilishlarini istadi. Ey Paygʻambar, mushriklarni toʻqiyotgan tuhmatlariga tashlab qoʻyavering. Bu ish sizga zarar qilmas. Ularning ishini Allohga qoʻyib beravering.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 136 Keyingi An'om • Oyat 138