Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 138 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 138 • Oʻzbekcha


وَقَالُوا هَٰذِهِ أَنْعَامٌ وَحَرْثٌ حِجْرٌ لَا يَطْعَمُهَا إِلَّا مَنْ نَشَاءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَامٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَامٌ لَا يَذْكُرُونَ اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا افْتِرَاءً عَلَيْهِ ۚ سَيَجْزِيهِمْ بِمَا كَانُوا يَفْتَرُونَ 138
Tarjima:
Ular o`zlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar. Ular ma'lum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, U zotga tuhmatdir. U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak. Al-An'am 6:138
Tafsir:
Mushriklar dedilar: "Mana bu chorva va ekinlardan biz istagan odamlardan, yani, butlarning xodimlari kabi kishilardan boshqa hech kim yeyishi mumkin emas. Mana bu hayvonlarni esa minish ham, ularning ustiga yuk ortish ham mumkin emas. Ular bahiyra, soiba va homiylardir (tuyaning turlari)". Ayrim hayvonlarni Allohning nomini emas, butlarining nomlarini aytib soʻyadilar. Shu ishlarni Alloh tarafidan deyish bilan Allohga tuhmat qilishdek ogʻir jinoyatni sodir etdilar. Yaqinda Alloh ularni qilgan amallari sababli azob bilan jazolaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 137 Keyingi Al-An'am • Oyat 139