Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 145 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 145 • Oʻzbekcha


قُلْ لَا أَجِدُ فِي مَا أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُ إِلَّا أَنْ يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنْزِيرٍ فَإِنَّهُ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ ۚ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 145
Tarjima:
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o`limtik yoki oqizilgan qon yoki to`ng`iz go`shti bo`lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan o`zganing nomiga so`yilgan bo`lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo`lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo`lmagan holida (iste'mol qilsa), albatta, Robbing mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt. An'om 6:145
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Alloh menga haromligini vahiy qilgan narsa oʻlimtik yo oqqan qon yoki toʻngʻiz goʻshti yoxud Allohdan boshqaning, masalan, butlarning nomi aytib soʻyilgan jonivordir. Kim oʻta ochqab ketganidan majbur boʻlib qolgani tufayli lazzatlanishni koʻzlamasdan, zarurat haddidan oshmasdan yesa, unga gunoh yoʻq". Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz majbur boʻlib qolgan odamni kechirar va unga rahm qilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 144 Keyingi An'om • Oyat 146