Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 144 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 144 • Oʻzbekcha


وَمِنَ الْإِبِلِ اثْنَيْنِ وَمِنَ الْبَقَرِ اثْنَيْنِ ۗ قُلْ آلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ الْأُنْثَيَيْنِ أَمَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ الْأُنْثَيَيْنِ ۖ أَمْ كُنْتُمْ شُهَدَاءَ إِذْ وَصَّاكُمُ اللَّهُ بِهَٰذَا ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا لِيُضِلَّ النَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 144
Tarjima:
Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid bo`lib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolg`on to`qigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas». Al-An'am 6:144
Tafsir:
Sakkiz juftlikning qolganlari tuyadan bir juftlik va sigirdan bir juftlik. Ey Paygʻambar, mushriklarga ayting: "Alloh harom qilgan boʻlsa, erkakligi uchun harom qilganmi yo urgʻochi boʻlgani, bachadoni borligi uchunmi? Yoki Alloh sizlarga shu hayvonlarni harom qilayotganida voqea ustida guvoh boʻlib turganmidingizlar? Odamlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirish uchun nodonlarcha Allohga yolgʻondan boʻhton toʻqigan odamdan koʻra ogʻirroq jinoyatchi va zolim yoʻq. Alloh zolimlarni shu boʻhtonlari tufayli hidoyatga muvaffaq qilmaydi".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 143 Keyingi Al-An'am • Oyat 145