Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 143 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 143 • Oʻzbekcha


ثَمَانِيَةَ أَزْوَاجٍ ۖ مِنَ الضَّأْنِ اثْنَيْنِ وَمِنَ الْمَعْزِ اثْنَيْنِ ۗ قُلْ آلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ الْأُنْثَيَيْنِ أَمَّا اشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ الْأُنْثَيَيْنِ ۖ نَبِّئُونِي بِعِلْمٍ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 143
Tarjima:
Sakkiz juft (paydo qildi): qo`ydan ikkini (erkak-urg`ochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Agar rostgo`y bo`lsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt. An'om 6:143
Tafsir:
Sizlarga sakkiz turdagi juftlikni yaratdi. Qoʻydan bir juftlikni - erkak va urgʻochisini, echkidan ham bir juftlikni. Ey Paygʻambar, mushriklarga ayting: "Alloh ularning erkaklarini erkak boʻlganlari uchun harom qildimi? Yoki urgʻochilarini bachadoni boʻlgani uchun harom qildimi?" Agar ular birinchi savolingizga, ha, deb javob bersalar: "Nega unda urgʻochilarini harom qilasizlar?", deb ayting. Agar ular ikkinchi savolingizga ham, ha, deb javob bersalar: "Nega unda oʻsha bachadondagi jonni ikkiga ajratib, hali erkagini, hali urgʻochisini harom qilasizlar? Ey mushriklar, gapinglar rost boʻlsa, aytinglar-chi, mana shu harom qilishlar Alloh tarafidan degan davoyinglarda qaysi sogʻlom ilmga tayanyapsizlar?", deb ayting.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 142 Keyingi An'om • Oyat 144