Sen: «Etuk hujjat Allohning O`zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», – deb ayt. Al-An'am 6:149 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, mushriklarga ayting: "Sizlarda faqat mana shu tosh bosmas hujjatlardan boshqa dalil boʻlmasa, bilingizki, Allohning hujjati oʻta kuchlidirki, uning qarshisida sizlar keltirayotgan bironta uzringiz oʻtmay qoladi va sizlar tayanayotgan hamma shubhalaringiz chippakka chiqadi. Ey mushriklar, Alloh istaganida sizlarga tavfiq bergan boʻlardi".