Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 148 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 148 • Oʻzbekcha


سَيَقُولُ الَّذِينَ أَشْرَكُوا لَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا أَشْرَكْنَا وَلَا آبَاؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِنْ شَيْءٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِنْدَكُمْ مِنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَا ۖ إِنْ تَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ أَنْتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ 148
Tarjima:
Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o`xshash yolg`onga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko`rsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg`on gapirmoqdasizlar», – deb ayt. Al-An'am 6:148
Tafsir:
Mushriklar oʻzlarining shirkiga Allohning irodasi va qadarini hujjat qilib, deydilar: "Alloh istaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmagan boʻlar edik. Alloh xohlaganida anavi narsalarni oʻzimizga harom qilib olmagan boʻlar edik". Ulardan oldingilar ham mana shunday botil hujjat keltirib, shunday degandilar: "Alloh istaganida biz paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarmagan boʻlar edik". Ular to Bizning azobimizni totgunlariga qadar mana shu yolgʻonchiga chiqarishda davom etaverdilar. Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklarga ayting: "Shirkingizga hamda halolni harom, haromni esa halol qilib olayotganingizga Alloh rozi boʻlganiga biron dalilingiz bormi? Shu ish sizlardan sodir boʻlayotganining oʻzi undan Alloh rozi boʻlayotganini anglatmaydi. Bu ishda sizlar faqat gumonga ergashyapsizlar. Gumon esa haqning oʻrnini bosa olmaydi. Haqning bir uchini ham qoplayolmaydi. Sizlar gʻirt yolgʻonchisizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 147 Keyingi Al-An'am • Oyat 149