Albatta, bu Mening to`g`ri yo`limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo`llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo`lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz. Al-An'am 6:153 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarga zalolat yoʻllariga ergashishni harom qildi. Allohning toʻgʻri yoʻliga ergashishingiz vojib. Zalolat yoʻllari sizlarni tafriqaga va haq yoʻldan uzoqlashishga olib boradi. Alloh sizlarga tavsiya qilgan, buyurgan ish Allohning toʻgʻri yoʻliga ergashmogʻingizdir. Shoyadki, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangizlar.