Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 152 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 152 • Oʻzbekcha


وَلَا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُ ۖ وَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَاعْدِلُوا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ اللَّهِ أَوْفُوا ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ 152
Tarjima:
Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo`l bilan bo`lsa, mayli. O`lchov va tarozini adolat ila to`liq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo`lsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar. Al-An'am 6:152
Tafsir:
Alloh yetimning moliga to u balogʻat yoshiga yetib, foyda-zararni ajratadigan boʻlguniga qadar daxl qilishni harom qildi. Lekin agar bu ishda yetimning moliga foyda boʻlsa, zarari yoʻq. Tarozi va boshqa oʻlchovlarda urib qolishni harom qildi. Oldi-sotdi ishlarida adolat bilan ish tutmoq vojib. Biz bir jonga toqatidan ortiq vazifa yuklamaymiz. Oʻlchovlardagi ehtiyot boʻlishning imkoni boʻlmagan miqdordagi koʻp yo kam boʻlish holati uchun jazo berilmaydi. Sizlarga biron xabar yetkazish yoki guvoh boʻlishda biron doʻstingiz yoki yaqiningizning tarafini olib, yolgʻon soʻzlashni harom qildi. Sizlarga Allohga bergan vadangizga yoki Alloh nomiga qasam ichib bergan vadangizga vafo qilmaslikni harom qildi. Vadaga vafo qilishingiz vojib. Shu oʻtganlarni Alloh qattiq tayinlab buyurdi. Shoyadki, oqibatni oʻylab ish qilsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 151 Keyingi Al-An'am • Oyat 153