Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 157 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 157 • Oʻzbekcha


أَوْ تَقُولُوا لَوْ أَنَّا أُنْزِلَ عَلَيْنَا الْكِتَابُ لَكُنَّا أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ۚ فَقَدْ جَاءَكُمْ بَيِّنَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَّبَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ۗ سَنَجْزِي الَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ آيَاتِنَا سُوءَ الْعَذَابِ بِمَا كَانُوا يَصْدِفُونَ 157
Tarjima:
Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan ko`ra hidoyatliroq bo`lar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan va ulardan yuz o`girgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda, oyatlarimizdan yuz o`girganlarni yuz o`girganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz. Al-An'am 6:157
Tafsir:
"Alloh yahudiy va nasroniylarga nozil qilganidek, bizga ham nozil qilganida biz ulardan koʻra koʻproq amal qilgan boʻlar edik", demasliklaringiz uchun sizlarga Alloh paygʻambaringiz Muhammad alayhissalom orqali Quronni oʻz tilingizda nozil qildi. Quron ochiq hujjat, haqni koʻrsatib turuvchi mayoq va ummat uchun rahmatdir. Endi arzimas bahonalarni roʻkach qilavermangiz, nohaq sabablar koʻrsatavermangiz. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarib, ulardan yuz oʻgirgan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Oyatlarimizdan yuz oʻgirganlarni qilmishlariga yarasha jazolab, doʻzaxga solurmiz va qattiq azobga giriftor qilurmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 156 Keyingi Al-An'am • Oyat 158