Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 158 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 158 • Oʻzbekcha


هَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا أَنْ تَأْتِيَهُمُ الْمَلَائِكَةُ أَوْ يَأْتِيَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِيَ بَعْضُ آيَاتِ رَبِّكَ ۗ يَوْمَ يَأْتِي بَعْضُ آيَاتِ رَبِّكَ لَا يَنْفَعُ نَفْسًا إِيمَانُهَا لَمْ تَكُنْ آمَنَتْ مِنْ قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِي إِيمَانِهَا خَيْرًا ۗ قُلِ انْتَظِرُوا إِنَّا مُنْتَظِرُونَ 158
Tarjima:
Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning ba'zi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning ba'zi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo`lsa, iymoni naf bermas. «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», – deb ayt. An'om 6:158
Tafsir:
Haqni yolgʻonga chiqarayotganlar nimalarni kutmoqdalar? Ular oʻlim farishtasi kelib, jonlarini olishini yoki oxiratda, haq bilan nohaq ajrim qilinadigan kunda Parvardigoringiz kelib, ular ustidan Oʻz hukmini oʻqishini yoxud Qiyomat alomatlari sodir boʻlishini kutmoqdalar. Quyoshning mashriqdan emas, magʻribdan chiqishi kabi Qiyomat alomatlari zohir boʻlganidan keyin iymonsizning iymon keltirishi ham, amalsizning amal qilishi ham foyda bermaydi. Ey Paygʻambar, haqni yolgʻonga chiqarayotgan mushriklarga ayting: "Shu ishlardan birini kutaveringlar. Biz ham kutamiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 157 Keyingi An'om • Oyat 159