Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 159 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 159 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ فَرَّقُوا دِينَهُمْ وَكَانُوا شِيَعًا لَسْتَ مِنْهُمْ فِي شَيْءٍ ۚ إِنَّمَا أَمْرُهُمْ إِلَى اللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُمْ بِمَا كَانُوا يَفْعَلُونَ 159
Tarjima:
Dinlarini tafriqa qilib, o`zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo`q. Albatta, ularning ishi Allohning O`ziga havola. So`ngra, qilgan ishlarining xabarini berur. An'om 6:159
Tafsir:
Ey Paygʻambar, dinini boʻlaklarga ajratib, ayrim boʻlaklarini olib, qolganini tashlab, guruh-guruhlarga boʻlinib ketgan yahudiy va nasroniylarga sizning hech qanday aloqangiz yoʻq. Ularning zalolatidan siz poksiz. Sizning vazifangiz ularni ogohlantirib qoʻyish, xolos. Ularning ishini Allohga tashlab qoʻyavering. Parvardigoringizning oʻzi Qiyomat kunida ularning bu dunyoda qilib oʻtgan ishlarini yuzlariga solib, jazosini bergay.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 158 Keyingi An'om • Oyat 160