Kim bir yaxshilik qilsa, unga o`n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo`lur. Va ularga zulm qilinmas. An'om 6:160 ⧉
Tafsir:
Qaysi bir moʻmin Qiyomat kuniga bir yaxshilik bilan kelsa, Alloh uni oʻnta qilib koʻpaytirib beradi. Bir yomonlik bilan kelsa, oʻsha yomonlikka yarasha jazo oladi, xolos. Yomonlik ogʻir-yengillik jihatidan ham, katta-kichiklik jihatidan ham koʻpaytirilmaydi. Ular Qiyomat kunida zulmga yoʻliqmaydilar. Yani, ular qilgan yaxshiliklarning savobi kamaytirilmaydi, yomonliklarning jazosi esa koʻpaytirilmaydi.