Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo`ymay yozganmiz. So`ngra Robbilariga jamlanurlar. Al-An'am 6:38 ⧉
Tafsir:
Ey Odam bolalari, yer betida oʻrmalab yurgan hayvon boʻladimi, samoda qanot qoqayotgan qush boʻladimi, hammasi yaratilishda ham, rizqlanishda ham xuddi sizlar kabi ummatlardir. Lavhul-mahfuzda biron narsani qoldirmasdan hammasini bitganmiz. Alloh hammasini biladi. Keyin Qiyomat kuni hammangiz Parvardigoringiz huzurida toʻplanursiz va U Zot sizlarni ajrim qilib, har biringizga amalingizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.