Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 37 • Oʻzbekcha


وَقَالُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِنْ رَبِّهِ ۚ قُلْ إِنَّ اللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰ أَنْ يُنَزِّلَ آيَةً وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 37
Tarjima:
Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo`'jiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-mo`'jiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin ko`plari bilmaslar. An'om 6:37
Tafsir:
Mushriklar sarkashlik bilan, iymon keltirishni ortga surish uchun: "Muhammadga haqligini koʻrsatadigan biron oyat-moʻjiza tushirilsa edi", deyishadi. Ey Paygʻambar, ayting: "Alloh Oʻzi istaganicha oyat-moʻjizalar tushirishga qodir". Lekin shu talabni qoʻyayotgan mushriklar bilmaydilarki, oyat-moʻjiza ularning talablariga qarab emas, hikmati ilohiyyaga qarab boʻladi va u tushganidan keyin ham iymon keltirmasalar, halokatga uchrashlari muqarrar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 36 Keyingi An'om • Oyat 38