Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 54 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 54 • Oʻzbekcha


وَإِذَا جَاءَكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِنَا فَقُلْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُ مَنْ عَمِلَ مِنْكُمْ سُوءًا بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابَ مِنْ بَعْدِهِ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 54
Tarjima:
Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo`lsin, Robbingiz O`z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so`ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag`firatli va rahimli Zotdir», – deb ayt. An'om 6:54
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oldingizga sizning haq paygʻambar ekaningizga dalolat qiluvchi oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlar kelsalar, salomiga ehtirom ila alik olib, Allohning rahmati keng ekani haqida xushxabar berib, ayting: «Sizlarga tinchlik boʻlsin, Parvardigoringiz Oʻz zimmasiga rahmat qilishni yozgan. Bu Allohning fazlu karamidandir. Endi sizlardan kim bilmasdan biron gunoh ish qilib qoʻysa, keyin oʻsha qilgan gunohining ortidan tavba qilib, amalini oʻnglab olsa, bas, albatta Alloh tavba qiluvchilar uchun Magʻfiratli va Rahmli Zotdir».
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 53 Keyingi An'om • Oyat 55