Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 53 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 53 • Oʻzbekcha


وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لِيَقُولُوا أَهَٰؤُلَاءِ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مِنْ بَيْنِنَا ۗ أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَعْلَمَ بِالشَّاكِرِينَ 53
Tarjima:
«Oramizdan Alloh ne'mat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, ba'zilarni ba'zilari ila sinadik. Allohning O`zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? An'om 6:53
Tafsir:
Shuningdek, ularning ayrimlarini ayrimlari bilan sinadik-da, ularning dunyodan oladigan nasibalarini xilma-xil qildik. Toki, boy kofirlar kambagʻal moʻminlar haqida gapirib shunday deb qolsinlar: "Alloh oramizdagi ana shu yalangoyoqlarga fazl koʻrsatib, ularni hidoyatga boshlagan ekanmi?! Agar iymon yaxshi narsa boʻlganida ular bizdan peshqadam boʻlmas edilar. Chunki peshqadamlik faqat bizga yarashadi". Nematlariga kim shukr qilayotganini Allohning Oʻzi yaxshiroq bilmaydimi? U Zot kofirlarni ham yaxshi biladi va ularni oʻz holiga tashlab qoʻyadiki, shu bilan ular iymonga kela olmaydilar. Oriy, shunday. Alloh hammasini koʻrib-bilib turadigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 52 Keyingi An'om • Oyat 54