Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 81 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 81 • Oʻzbekcha


وَكَيْفَ أَخَافُ مَا أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُمْ بِاللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا ۚ فَأَيُّ الْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِالْأَمْنِ ۖ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ 81
Tarjima:
«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qo`rqay. Holbuki, siz o`zingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qo`rqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo`lishga haqliroq?! Al-An'am 6:81
Tafsir:
Sizlar hech bir hujjatsiz Allohga bemalol shirk keltira turib qoʻrqmaysizlar-u, men sizlarning butlaringizdan qoʻrqar ekanmanmi? Xoʻsh, aytinglarchi, qaysi guruh qoʻrqmaslikka, xotirjam boʻlishga haqliroq? Allohni bir deb bilgan muvahhidlar guruhimi yoki Unga shirk keltirgan mushriklar guruhimi? Agar juda bilimdon boʻlsangizlar, qaysi biri haqliroq ekanini ajrata olsangizlar, oʻshanisiga ergashinglar. Shak-shubhasiz xotirjamlikka eng haqlirogʻi moʻmin-muvahhidlar guruhi ekani malum-ku!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 80 Keyingi Al-An'am • Oyat 82