Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 80 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 80 • Oʻzbekcha


وَحَاجَّهُ قَوْمُهُ ۚ قَالَ أَتُحَاجُّونِّي فِي اللَّهِ وَقَدْ هَدَانِ ۚ وَلَا أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ رَبِّي شَيْئًا ۗ وَسِعَ رَبِّي كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ 80
Tarjima:
Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qo`rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo`lishi mumkin. Robbim barcha narsani O`z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo`lmasmi?» – dedi. Al-An'am 6:80
Tafsir:
Mushrik qavmi Ibrohim alayhissalom bilan Allohning yagonaligi haqida tortishib, uni oʻzlarining butlaridan qoʻrqitmoqchi boʻlganlarida shunday dedi: «Men bilan Allohning yagonaligi va yolgʻiz mabudligi haqida tortishasizmi?! Holbuki, Parvardigorim menga tavfiq berdi. Men butlaringizdan qoʻrqmayman. Chunki ular foyda ham, zarar ham keltira olmaydilar. Faqat Parvardigorim xohlagan narsagina boʻlur. Alloh xohlagani boʻlishi muqarrar. Parvardigorim uchun osmonlaru yerdagi biron narsa yashirin emas. U barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir. Bas, shulardan ibrat olib, kufru shirkdan qaytsangizlar va Allohning yagonaligiga iymon keltirsangizlar boʻlmaydimi?!»
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 79 Keyingi Al-An'am • Oyat 81